TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Kecha Sankt-Peterburgda giyohvand moddalar kontrabandasi va savdosi uchun O‘zbekiston tomonidan qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda "Nevskie novosti" xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, kecha Salov ko‘chasida tezkor guruh tomonidan giyohvand moddalar kontrabandasi va savdosi uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. 1972-yilda tug‘ilgan bu shaxs O‘zbekiston Jinoyat kodeksi bo‘yicha giyohvand vositalar kontrabandasi va savdosida ayblanmoqda.
Ushbu shaxs qo‘lga olingani haqida unga nisbatan qidiruv e’lon qilgan Andijon viloyat IIBga xabar qilingani aytilmoqda.