Jizzaxda qator tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimidan ozod qilindi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyati hokimining qaroriga muvofiq Zafarobod, Forish tumanlari va Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Jizzax viloyatida ikki tuman va bir shahar tibbiyot birlashmasi rahbari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda sangzor.uz xabar berdi.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi ustidan portalga qancha xat kelib tushgani aytildi

Xabarga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimining qaroriga muvofiq Zafarobod tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Dilshod Qambarov, Forish tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Avazxon Begiyev va Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi rahbari Orziqul Yo‘ldoshev egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Mazkur qaror O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrda qabul qilngan PQ-700-sonli "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0