Jamiyat

Yongʻin xavfsizligi instituti bitiruvchilariga diplom va harbiy unvonlar berildi

© railway.uzPojarnыy raschet v Uzbekistane
Pojarnыy raschet v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tantanali marosimda bitiruvchilarga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom topshirildi va leytenant unvoni berildi

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston IIV Yongʻin xavfsizligi institutida bitiruvchilarga diplom topshirish va harbiy unvon berishga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

MCHS. Arxivnoye foto. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yongʻin xavfsizligi haqida prezident qarori qabul qilindi

Unda Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri rahbariyati, jamoatchilik vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbirda bitiruvchilarga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom topshirildi va leytenant unvoni berildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 23 maydagi "Ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining kadrlar salohiyatini yaxshilash maqsadida institutda "Yongʻin xavfsizligi" va "Texnosfera xavfsizligi" mutaxassisliklari boʻyicha ofitser kadrlar tayyorlash, soha uchun rahbar kadrlarni oʻqitish tizimini joriy etish kabi vazifalar belgilab oʻtilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0