"Axborot" dasturi yopilmaydigan bo‘ldi

© Sputnik / AlexTikhomirovStudiya veshaniya telekanala "Rossiya" na strani blijnego zarubejya
Studiya veshaniya telekanala Rossiya na strani blijnego zarubejya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lekin ko‘rsatuv jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. U to‘laligicha yangi "O‘zbekiston 24" telekanali negizida tayyorlanadi

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston televideniyesining eng mashhur ko‘rsatuvilaridan biri — "Axborot" informatsion dasturi faoliyati davom etadi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Alixonov xalqaro press-klubda o‘tgan yig‘ilishda.

Peredacha Taxlilnoma v novoy versii - Sputnik O‘zbekiston
"Axborot", "Tahlilnoma", "Poytaxt" va "Davr" informatsion dasturlari yopiladi

Uning aytishicha, o‘zbek telejurnalistlarining aksariyati "Axborot"da o‘sib-ulg‘aygan, kasb sir-asrorlarini shu yerda o‘rgangan, shuning uchun ular ham xuddi tomoshabinlar singari ushbu sevimli ko‘rsatuv taqdiriga befarq emaslar.

"Biz bu brendni saqlab qolamiz deb o‘ylayman. "Axborot" — bu shunchaki ko‘rsatuv nomigina emas, "O‘zbekiston" kanalini tomosha qiluvchi aksariyat aholimiz bu ko‘rsatuvga o‘rganib qolgan, uni o‘nlab yillar davomida ma’lum bir vaqtda kutishgan, bu ko‘rsatuvni ko‘rish o‘ziga xos an’ana, hayot tarziga aylanib qolgan. Aynan shu nuqtayi nazardan biz "O‘zbekiston" telekanali dasturlarida ushbu ko‘rsatuv bo‘lishi kerak degan fikrga keldik", — dedi u.

Lekin ko‘rsatuv jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. U to‘laligicha yangi "O‘zbekiston 24" telekanali negizida tayyorlanadi.

"Uning ko‘rinishi o‘zgaradi, lekin mazmuni ilgarigidek bo‘ladi. Ko‘rsatuv "Axborot 24" deb nomlansa kerak. U kechki vaqtda kunning yakuniy xabarlarini ikki tilda — o‘zbek va rus tillarida taqdim etadi. Asosiysi, ko‘rsatuv bir vaqtning o‘zida "O‘zbekiston" va "O‘zbekiston 24" kanallarida efirga uzatiladi", — ta’kidladi Alixonov.

Yangiliklar lentasi
0