"Axborot", "Tahlilnoma", "Poytaxt" va "Davr" informatsion dasturlari yopiladi

© Facebook / Fozil FarhodPeredacha "Taxlilnoma" v novoy versii
Peredacha Taxlilnoma v novoy versii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha axborot-tahliliy dasturlar "Diyor" kanali va "Toshkent" radiokanali negizida tashkil etilgan "O‘zbekiston 24" telekanali orqali kun-u tun efirga uzatiladi

TOShKENT, 25-may — Sputnik. "O‘zbekiston" telekanalining "Axborot" va "Tahlilnoma", "Toshkent" telekanalining "Poytaxt" va "Yoshlar"ning "Davr" informatsion dasturlari yopiladi. Bu haqda Milliy teleradiokompaniyaga tayanib UZ24.UZ xabar bermoqda.

Teledasturlar studiyasi - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Axborot dasturi jonli efirda namoyish etildi

Xabarga ko‘ra, barcha axborot-tahliliy dasturlar "Diyor" kanali va "Toshkent" radiokanali negizida tashkil etilgan "O‘zbekiston 24" telekanali orqali kun-u tun efirga uzatiladi. Yangi kanalning ochilish sanasi hozircha noma’lum.

"Axborot", "Poytaxt" va "Davr" dasturlari namoyishi "O‘zbekiston 24" telekanali faoliyati boshlanguniga qadar davom etadi.

O‘zbekiston prezidenti may oyi boshida Milliy teleradiokompaniya tarkibida "O‘zbekiston 24" axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. Telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi hamda mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritib boradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0