TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK shu yilning 5-iyulidan 27-iyuliga qadar yozgi mavsumda talab ortgani munosabati bilan Qozon, Sankt-Peterburg, Moskva shaharlariga qo‘shimcha reyslar joriy etilganini ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, qo‘shimcha qatnovlar jadvali quyidagicha (barcha qatnovlar mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan):
Toshkent-Qozon-Toshkent — payshanba kunlari:
HY 697 Toshkent 07:30 — Qozon 09:00; HY 698 Qozon 11:00 — Toshkent 16:20.
Qarshi-Sankt-Peterburg-Qarshi — chorshanba kunlari:
HY 639 Qarshi 08:50 — Sankt-Peterburg 12:05; HY 640 Sankt-Peterburg — 13:35 Qarshi 20:30.
Qarshi-Moskva-Qarshi — chorshanba kunlari:
HY 605 Qarshi 21:55 — "Domodedovo" 00:10; HY 606 "Domodedovo" 01:40 — Qarshi 07:40.
Shuningdek, shanba kunlari Toshkent-Ostona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham qatnovlar joriy etildi:
HY 721 Toshkent 12:45 — Ostona 15:45; HY 722 Ostona 16:45 — Toshkent 17:45.
Barcha reyslar Airbus A-320 va Boeing V-757 avialaynerlarida amalga oshiriladi.