TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Internet tarmogʻida Bryus Lining aralash jang sanʼati (MMA) qoidalari boʻyicha yagona nusxadagi videosi eʼlon qilindi. Noyob video Bruce Lee Central ning YouTube-kanalida omma eʼtiboriga havola qilingan.
Daily Mail xabariga koʻra, videoda Bryus Li oʻz shogirdi Ted Vong bilan jang qilishi tasvirlangan. Aytish joizki, Vong hozirga qadar AQShja sharq yakkakurashidan saboq berib kelmoqda.
Noyob kadrlar Kaliforniyadagi Bryus Li tomonidan asos solingan Jit Kun-do maktabida suratga olingan.
Videoga qoldirilgan izohda ikki jangchi ham MMA qoidalariga muvofiq tarzda himoya liboslari va qoʻqoplarda jang qilishganlari aytilgan. Ammo Bryus Li "yalangʻoch qoʻl bilan jang qilishni afzal koʻrganligi alohida qayd etilgan.
Ikki kun ichida rolikni yetti milliondan ortiq inson tomosha qilgan.