TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. 2017 yil 9 iyundan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan "Oʻzbekiston pochtasi" AJ tomonidan tayyorlangan "Oʻzbekiston markalarida sport" turkumidagi maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston pochtasi matbuot-xizmati.
Pochta markalari Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlari chempionlari, oltin medal sohiblariga bagʻishlangan. Pochta markalarida sportchilar Ruslan Nuriddinov va Hasanboy Doʻsmatov tasvirlangan.
Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Pochta markalari va kuponning oʻlchamlari — 30X42 millimetr, adadi — 8 ming nusxa.
© http://pochta.uz/uz/yangiliklar/item/1218-o-zbekiston-markalarida-sport-turkumining-chiqarilishi-haqida-press-reliz.html / Oʻzbekiston pochtasi Hasanboy Doʻsmatova va Ruslan Nuriddinov tasvirlangan markalarni chiqardi

Oʻzbekiston pochtasi Hasanboy Doʻsmatova va Ruslan Nuriddinov tasvirlangan markalarni chiqardi
© http://pochta.uz/uz/yangiliklar/item/1218-o-zbekiston-markalarida-sport-turkumining-chiqarilishi-haqida-press-reliz.html /
"Ruslan Nuriddinov" nominalining narxi 1800 soʻm, "Hasanboy Doʻsmatov" nominalining narxi esa 1900 soʻm turadi.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.