Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatovga bag‘ishlangan kitob chop etildi

© Yuri CORTEZ / AFPXasanboy Dusmatov zavoyeval zolotuyu medal
Xasanboy Dusmatov zavoyeval zolotuyu medal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik 23 yoshli bokschi Hasanboy Do‘smatov 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarining eng yaxshi bokschisi deb tan olingan.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Andijon viloyati hokimligida Riodagi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, boks bo‘yicha oltin medal sohibi Hasanboy Do‘smatovga bag‘ishlangan kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Zamonamiz qahramonlari" rukni ostida chop etilgan nashrda Buloqboshi tumani Kulla qishlog‘ida kamol topgan oddiy o‘zbek o‘g‘loni timsolida mustaqil O‘zbekistonning sport sohasidagi ulkan salohiyati ifoda etilgan.

O‘zbek bokschisi Hasanboy Do‘smatov - Sputnik O‘zbekiston
Hasanboy Do‘smatovga "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini topshirildi

Taqdimot marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, Olimpiada chempionlari Muhammadqodir Abdullayev, Hasanboy Do‘smatov, kitob mualliflari — O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, ijodkor Nodir Jonuzoq va Orif Tolib hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekistonlik 23 yoshli bokschi Hasanboy Do‘smatov 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarining eng yaxshi bokschisi deb tan olingan.

Bundan tashqari, Hasanboy "Yilning eng texnikasi kuchli bokschisi" mukofoti — Vel Barker kubogiga loyiq deb topilgan. Shuningdek, u yuksak natijalarga erishgan sportchilarga beriladigan "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0