TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Navoiyda ziyoratgohlar yanada ko‘rkamlashadi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida.
O‘tgan chorakda Karmana tumanidagi "Raboti Malik" karvonsaroyida xuddi shunday ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda esa "Qosim Shayx" ziyoratgohida ko‘rkamlashtirish ishlari olib borilayapti. Qadamjoda ustalar tomonidan hovlilardagi supalari, xonaqoh gumbazi, darvoza va eshiklar ko‘rinishini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ikki ziyoratgoh ta’miri uchun 1,5 milliard so‘mdan ortiq hajmdagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur obyektda ta’mirlash ishlari tez kunda yakunlanib, yana ziyoratchi va sayyohlarni qabul qilishni boshlaydi.
Kelgusida "Mir Said Bahrom" ziyoratgohi, "Raboti Malik", "Sardoba", "Shayx Abul Xasan Nuriy" maqbaralari kabi yana 8 ta muqaddas qadamjoni ta’mirlash ko‘zda tutilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.