Hazrati Dovud ziyoratgohida tartib o‘rnatiladi

CC BY 2.0 / Wikipedia / Peretz Partensky / Vid s lestnisi, vedushey k vershine gori
Vid s lestnisi, vedushey k vershine gori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur maskanda ziyoratchilarga transport, savdo-maishiy, umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishda jiddiy xato va kamchiliklar, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Samarqand viloyat hokimligida Nurobod tumanidagi Hazrati Dovud ziyoratgohida kuzatilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Zarafshon" gazetasi xabar bermoqda.

Viloyat hokimi H.Oqbo‘tayev raislik qilgan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, mazkur maskanda ziyoratchilarga transport, savdo-maishiy, umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishda jiddiy xato va kamchiliklar, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Buning oqibatida aholidan ko‘plab murojaatlar kelib tushayotir.

Xazrati Imom majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Hazrati Imom majmuasini ziyorat qilish tartibi e’lon qilindi

Shu bois ziyoratgohda ruxsatsiz qurilish ishlarini bartaraf etish, transport vositalari harakatini tartibga solish, tadbirkorlarni jalb etgan holda avtomobillar to‘xtash joyi, yo‘lovchilar uchun kutish ayvonchalari qurish zarurligi bildirildi. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari, kushxona, tahoratxonalarning sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda ta’mirlanishi, savdo va kommunal hamda maishiy-transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda tegishli tashkilotlarga yuqoridagi masalalar hamda ziyoratchilarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi xizmatlar narxlarini mavjud talablar asosida belgilash, tadbirkorlarni fiksal xotirali nazorat-kassa apparatlari, to‘lov terminallari bilan ta’minlash, xizmatlardan tushayotgan naqd pul mablag‘larining bank muassasalari orqali aylanishini nazorat qilishga doir topshiriqlar berildi.

Hududning toza-ozodaligini saqlash, ziyoratgohning amaldagi rahbarlarini lavozimidan chetlatishga oid taklif, tajribali mutaxassislar hisobidan nomzodlarni tavsiya etish, norasmiy ravishda ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatayotgan fuqarolar faoliyatiga chek qo‘yish vazifalari yuklatildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0