Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (chapda) va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ShHT sammiti oldidan
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (chapda) va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ShHT sammiti oldidan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida 12-iyun kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev ShHT sammiti ochilish marosimida Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi
"Prezidentimiz 2017-yil 8-9 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom va mehmondo‘stlik uchun Qozog‘iston Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi", — deyiladi xabar matnida.

Qozog‘iston poytaxtida o‘tgan ushbu sammit ShHT faoliyatini rivojlantirishda tarixiy voqea bo‘lgani alohida ta’kidlandi. Hindiston va Pokistonning Tashkilotga teng huquqli a’zolikka qabul qilingani sammitning asosiy natijalaridan biri sifatida qayd etildi. ShHT doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Mirziyoyev Qozog‘iston rahbariyatini "Ostona EKSPO — 2017" xalqaro ko‘rgazmasi yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi va tadbir muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi. Mazkur ko‘rgazma mintaqamiz davlatlarini yanada rivojlantirish borasida yuksak texnologiyalar va investitsiyalar jalb etishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat O‘zbekiston — Qozog‘iston munosabatlariga xos samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0