TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Fazliddin Salomov "O‘zbekenergo" AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod qilindi, deb xabar bermoqda uznews.uz.
Xabarda aytilishicha, uning o‘rniga Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev tayinlangan.
Ulug‘bek Mustafoyev 2010-yildan 2016-yilgacha O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, undan keyin esa Mustafoyev Jizzax viloyatiga o‘tkazilgan.
Fazliddin Salomov "O‘zbekenergo" AJ boshqaruvi raisi lavozimida 8 oydan ko‘proq faoliyat yuritdi.