Bosh vazir Yunusoboddagi maktab direktorini ishdan bo‘shatib yubordi

© IA "Jaxon"Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov kerakli va ishonchli javob ololmaganidan so‘ng maktab direktorini ishdan bo‘shatishga buyruq bergan

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. 2-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi, deb xabar beradi uznews.uz.

Shavkat Mirziyoyev posetil semeynuyu polikliniku v Yashnabade - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning kutilmagan tashrifidan so‘ng bir amaldor ishdan bo‘shatildi

Bosh vazir tashrifi davomida tumanda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, yangi obyektlar qurilishi qanday borayotganligini tekshirdi hamda bolalar salomatlik muassasalaridagi sharoitlarni o‘rgandi. Shuningdek, tumandagi bir nechta o‘quv muassasalarida bo‘ldi.

Xususan, Abdulla Aripov 86-maktabning tashqi holatini qoniqarsiz deb topdi. Hukumat rahbari landshaftga nisbatan mas’uliyatsizligi va maktab hovlisining ko‘rinishi qoniqarsizligi uchun maktab ma’muriyatiga tanbeh berdi.

Xabarda aytilishicha, Abdulla Aripov kerakli va ishonchli javob ololmaganidan so‘ng maktab direktorini ishdan bo‘shatishga buyruq bergan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0