TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. 2017-yil 13-iyun kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.
Bundan tashqari, 2017-yilning O‘zbekistonda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani munosabati bilan bu borada mahalliy hokimlik va boshqaruv organlari oldida turgan vazifalarga alohida e’tibor qaratdi. Rahbarlarning xalq ichiga kirib, aholi bilan samimiy muloqot qilishi, ularning dardu tashvishlarini tinglab, muammolarga yechim topishi xalqimizning davlatdan rozi bo‘lishi va turmushi farovonligiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Jo‘rayev Turobjon Ikromovich Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
"Zarafshon" gazetasi bosh muharriri Farmon Toshev, "Nuroniy" jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Hasan Normurodov va Samarqand shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sayyora Melikova qayd etilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib, mehnat qilishlarini bildirdilar.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.