O‘zbekiston - iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlar reytingida 2-o‘rinda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishReyting stran
Reyting stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda Jahon bankining "Global iqtisodiyot istiqbollari" deb nomlangan so‘nggi hisobotida ma’lum qilindi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2017-yilda dunyo mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinni qayd etdi.

Otkritie uzbekskogo shou-ruma Moel Bosh v Rige - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishi reytingida beshinchi o‘rinni oldi

Jahon banki ekspertlarining prognoz qilishicha, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti joriy yilda 7,6 foiz o‘sadi. Keyingi yillarda esa bu ko‘rsatkich yanada oshadi.

Jahon banki ekspertlari O‘zbekistonning faol qo‘shnichilik siyosati Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy rivojlanish va integratsiyaning yanada tezlashishiga xizmat qilishini qayd etishgan.

O‘zbekiston 2015-yilda mazkur reyting bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan edi.

Joriy yilgi reytingning birinchi o‘rnida yalpi ichki mahsuloti 8,3 foizga o‘sishi prognoz qilingan Efiopiya joylashgan. Iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar yuqori beshligiga Nepal (3-o‘rin), Hindiston (4-o‘rin) va Tanzaniya (5-o‘rin) kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0