Kamilov "Markaziy Osiyo - BMT" muloqotida ishtirok etish uchun Ashxobodga yo‘l oladi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATO‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Ashxobod (Turkmaniston)da bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo - BMT" muloqotida ishtirok etadi

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi "Markaziy Osiyo — BMT" muloqotida ishtirok etadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Orol dengizidagi kemalar qabristoni - Sputnik O‘zbekiston
BMT Bosh kotibi: Orol dengiziga sayohat meni larzaga soldi
"2017-yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi "Markaziy Osiyo — BMT" muloqotida ishtirok etadi", — deyilgan xabarda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligidagi forumda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etadilar.

Qayd etilishicha, tomonlar BMTning Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish masalalari va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashadilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0