TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Prezident Petr Poroshenko Ukrainada georgiy lentalarini "tayyorlash va tashviqot qilishni ta’qiqlash" to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar qilingan Ukraina prezidenti rasmiy saytida.
Endilikda G‘alaba ramzi bo‘lmish georgiy lentasini kiyim yoki buyumda taqib yurish, lentani avtomobilga bog‘lash, otkritka, plakat yoki nakleykalarda tasvirlash, ommaviy tadbirlarda yoxud ommaviy axborot vositalarida undan foylalanish, jarima yoki ma’muriy qamoq bilan jazolanishga sabab bo‘ladi, deb yozadi RIA Novosti.
Jarima miqdori 850 grivendan 2550 grivengacha (taxminan 32 dollardan 97 dollargacha) etib belgilangan. Ta’qiqlangan buyumlar esa musodara qilinishi aytilmoqda. Agar bu qoidabuzarlik yil mobaynida takrorlansa, u holda jarima miqdori ham 97 dollardan 190 dollargacha ko‘paytiriladi yoki qoidabuzar 15 sutkaga qamoqqa olinadi.
Hujjatda faqatgina ordeni yoki medalida georgiy lentasi elementlari mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bundan istisno ekanliklari keltirilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.