TOShKENT, 27 apr — Sputnik. 9-may kuni bayrami yaqinlashib kelaverishi bilan O‘zbekistonda militsiya xodimlari yo‘lovchilardan va o‘z mashinasi antennasiga lenta qadab olgan haydovchilardan "Georgiy lentasi"ni olib tashlashga majbur etayotgani haqida gaplar bolalay boshlaydi.
Bu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Sputnik muxbiri Toshkent shahar IIBBga murojaat etdi. Boshqarma xodimining ishontirib aytgan gaplariga ko‘ra, bu gaplar shunchaki mish-mish va poytaxt militsiyasi hech qachon bunday tadbirlar bilan shug‘ullanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya ilm va madaniyat markazi shu kunlarda "Georgiy lentasi"ni tarqatishni boshladi. Lentalarni barcha xohlovchilar markazning Toshkentdagi binosida kechayu-kunduz olishlari mumkin. Shu bilan birga, "Georgiy lentasi"ni tarqatish tadbirini Rossiya elchixonasida ham boshlagan. Elchixona ma’muriy binosida lentalarni 2, 3, 4 va 5-may kunlari soat 10.00 dan 17.00 ga qadar bepul olsa bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tgan yili ushbu tadbirda 60 mingdan ortiq "Georgiy lentalari" tarqatilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.