"Ippodrom" bozoridan 25 ming dollarga do‘kon olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Obuna bo‘lish
Erali Sobirov tanishi Nurali Rizaqulovning gaplariga ishonib, "u menga Ippodromdan do‘kon olib beradi", degan xomxayol bilan 25.500 dollar pulini firibgarga tutqazadi

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. 2015 yilning taxminan may oyida, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan Nurali Rizaqulov tanishi Erali Sobirovning ishonchiga kirib, unga "Otchopar" bozoridan do‘kon olib berishni va’da qiladi. Bu "himmati" evaziga firibgar Sobirovdan 25 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari olgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada yirik zavodda ish o‘rnini salkam 1,5 ming $ga sotgan firibgar qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, shundan so‘ng, Sobirov ikki yil davomida pullarini qaytarolmay sarson bo‘ladi. U Rizakulovdan va’dasini bajarishini yoki pullarini qaytarib berishini talab qilganida, firibgar har safar turli xil bahonalar to‘qiydi. Mana shundan so‘ng Sobirov huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam so‘rab, ariza bilan murojaat qiladi.

2017 yilning 5-iyun kuni, Sobirovning arizasiga ko‘ra Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan ko‘p miqdorda qo‘lga kiritish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rizaqulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0