TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati "Kvars" AJ korxonasiga ish joylarini sotish bilan shug‘ullangan xodimni katta miqdorda pul olayotganida qo‘lga oldi.
Prokuratura organlari tomonidan qo‘lga olingan shaxs yuzasidan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zgatildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda Rahmatullayevning jinoiy aloqalarini to‘liq aniqlash bo‘yicha ish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Kvars" korxonasi Markaziy Osiyoda eng yirik rangli, qoraytirilgan, toblangan oynalar hamda shisha idishlarni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Korxona mahsulotlari Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilinadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.