TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Yaqinda halok bo‘lgan tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibragimov xotirasiga do‘stlari va kursdoshlari tomonidan videorolik yaratishdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘n yetti yashar Jasurbek Ibragimov 3-may kuni kursdoshlari — Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabalari tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Ko‘psonli operatsiyalardan so‘ng u 1 iyun kuni tezkor yordam Respublika markazining jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumgan. O‘smirning halok bo‘lishi ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, hodisa omma orasida shov-shuvlarni keltirib chiqargach, tergov ishlari respublika prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.
Hodisa bo‘yicha asosiy gumondor — Islombek To‘laganovning ko‘rsatmalari bo‘yicha, mushtlashuv kelib chiqishiga Jasurning o‘zi sababchi bo‘lgan. To‘laganovning so‘zlariga ko‘ra, Jasur uning qo‘l va oyoqlariga kelib urilgan va hayotiga nuqta qo‘ygan jarohatlarni aynan shu tarzda olgan.