TOShKENT, 23-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ijaraga olingan xonadonda fohishaxona tashkil qilgan Marhamat Nishonovani qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz".
12 may kuni tunda Nishonova Yashnobod tumanidagi ijaraga olingan xonadonini juftlikka jinsiy mayllarini qondirish uchun bergan. U mazkur "xizmat" uchun 100 ming so‘m olgan.
Ruslan Nojkin ismli shaxs ham xuddi shunday faoliyati bilan shug‘ullangan. U 18-may kuni ertalab Yashnobod tumanidagi xonadonini 40 ming so‘m evaziga "sevishganlar"ga ijaraga bergan.
Ushbu holatlar yuzasidan Nishonova va Nojkinga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.