Antoniu Guterresh Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

© REUTERS / DENIS BALIBOUSEGeneralni sekretar OON Antoniu Guterresh
Generalni sekretar OON Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Antoniu Guterresh O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayoni xalq farovonligini yuksaltirish borasida muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning uchrashuvi bo‘ldi. Bu haqda prezidentning rasmiy veb-sayti ma’lum qildi.

Mirziyoyev yuqori martabali mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashini ta’kidladi.

Gensek OON poobshalsya s jitelyami maxalli v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
BMT bosh kotibi Samarqanddagi mahalla ahli bilan suhbatlashdi

Davlat rahbari bosh kotibga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

"Islom Karimovning tinchlikparvar siyosati, asosli tashabbuslari va amaliy ishlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim asos bo‘lganini e’tirof etish o‘rinli", dedi O‘zbekiston rahbari.

Antoniu Guterresh Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayoni xalq farovonligini yuksaltirish borasida muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama etildi.

Global xavfsizlik va barqarorlikni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0