Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Xitoyda vakolatxonasini ochadi

© SputnikVistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017
Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamg‘arma vakolatxonalari marketing tadqiqotlari o‘tkazish, o‘zbek mahsulotlari uchun salohiyatli importchilar topish, o‘zbek brendlarini xorijda tanitish, o‘zbek tadbirkorlarining ko‘rgazma, yarmarka va boshqa tadbirlarda ishtirokini tashkil etish bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Xitoyda vakolatxonasini ochadi. Veyxay shahri importchilar palatasi bilan tegishli kelishuv imzolandi, deb xabar berdi "Podrobno.uz".

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qozog‘istonga mahsulotlarni eksport qilishni soddalashtirdi

Jamg‘arma yaqin kelajakda Latviya, Singapur, Portugaliya, Chexi, Lyuksemburg, Polsha, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda o‘z vakolatxonalarini ochishni rejalashtirgan. Hozirda Rossiya, Janubiy Koreya, Italiya, Bolgariya, Shveysariya, Germaniya va Ispaniyada jamg‘arma vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jamg‘arma vakolatxonalarining asosiy vazifasi marketing tadqiqotlari o‘tkazish, o‘zbek mahsulotlari uchun salohiyatli importchilar topish, o‘zbek brendlarini xorij bozorlarida tanitish, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning ko‘rgazma, yarmarka, tender savdolari va boshqa tadbirlarda ishtirokini tashkil etishdan iborat.

Jamg‘arma O‘zbekiston prezidentining qarori bilan 2013-yilda tashkil etilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0