Iqtisod

Mirziyoyev Qozogʻistonga mahsulotlarni eksport qilishni soddalashtirdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat rahbari bir qator oʻzbek korxonalariga 2017 yil 1 iyundan bank kafolatisiz yoki siyosiy va tijorat xavflardan eksport shartnomalarning sugʻurta polislarini taqdim qilmasdan tovarlarni eksport qilishga ruxsat berdi

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir qancha mahalliy korxonalar uchun mahsulotlarni Qozogʻistonga eksport qilish tartibini soddalashtirish boʻyicha farmoyish imzoladi, xabar berdi Sputnik muxbiri.

Jamiyat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegara oʻtkazuv punktlari kunu tun ishlaydigan boʻldi

Xususan davlat rahbari bir qator oʻzbek korxonalariga 2017 yil 1 iyundan konsignatsiya shartlarda, bank kafolatisiz yoki siyosiy va tijorat xavflardan eksport shartnomalarning sugʻurta polislarini taqdim qilmasdan tovarlarni eksport qilishga ruxsat berdi.

Ushbu imtiyozdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan korxonalar roʻyxatiga "Oʻzbekneftegaz", "Oʻzkimyosanoat", "Oʻzbekoziqovqatxolding", "Oʻzvinsanoatxolding", "Oʻzsanoateksport", "Oʻztreyd", "Oʻzagroeksport" hamda ushbu tuzilmalarga kiruvchi korxonalar kiritildi. Bu imtiyozlardan tovarlarni faqat Qozogʻistonda tashkil etilgan savdo uylariga yetkazish berilganida hamda ustav jamgʻarmasida jami ulush miqdori 51 % dan kam boʻlmagan korxonalar foydalanishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda Qozogʻiston sarmoyasi bilan tashkil qilingan 230 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Qozogʻistonda esa Oʻzbekiston sarmoyadorlari ishtirokida tashkil qilingan 130 ta korxona ishlamoqda. Oʻtgan yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida tashqi savdo hajmi 2 milliard dollarni tashkil qildi. Keyingi yillarda mazkur koʻrsatkichni 2 baravarga oshirish koʻzda tutilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0