TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Samarqandga tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidentining Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi hamda "Yuksalish" mahallasi ahli bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Uznews.uz.
Antoniu Guterresh qabulxona faoliyati bilan tanishdi. So‘ngra BMT bosh kotibi "Yuksalish" mahallasi vakillari bilan suhbatlashdi.
Mahalla ahli O‘zbekistondagi o‘ziga xos "mahalla" instituti va uning ijtimoiy jarayonlardagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuvda mahallada istiqomat qiluvchi turli millat vakillari ishtirok etishdi.