MXX 20dan ortiq a’zosi bo‘lgan yirik jinoiy guruhni qo‘lga oldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishruki naruchniki
ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus operatsiya chog‘ida taqiqlangan moddalar sotish bilan shug‘ullanuvchi 20dan ortiq jinoyatchi hamda guruh boshlig‘i qo‘lga olindi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. MXX tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Toshkent shahrida psixotrop moddalar tarqatish bilan shug‘ullanuvchi yirik guruh faoliyatiga chek qo‘ydilar, deb ma’lum qildi Sputnik muxbiriga kuch tizimidagi manba.

Guruhning 23 nafar a’zosini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya Uchtepa va Chilonzor tumanlarida o‘tkazildi. Operatsiya chog‘ida ko‘p miqdorda turli psixotrop vositalar, jumladan 5980 dona tramadol, 55 dona trambo — 55 shtuk, 43 dona "lirika", 10 dona sonat hamda 4,7 million so‘mdan ortiq pul musodara qilindi. Tezkor xodimlar shuningdek, sotuvchilarning "qora buxgalteriya" hisob daftarini ham qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekistonda tabletka giyohvandligiga ruju qo‘yganlar ko‘paymoqda

Surishtiruv davomida tezkor xodimlar jinoiy guruhning tashkilotchisi va rahbarining iziga tushishga muvaffaq bo‘lishdi. MXX va IIBB xodimlari o‘tkazgan maxsus operatsiya chog‘ida hech qayerda ishlamaydigan, turli jinoyatlari uchun ilgari bir necha marta sudlangan 41 yoshli Sultonxo‘ja A’zamov qo‘lga olindi. U Toshkentning bir nechta nuqtalarida psixotrop moddalar sotuvini tashkil etgan va nazorat qilgan, har kuni chakana sotuvchilardan 100 dollardan pul yiqqan. U shuningdek, qimor o‘yinlariga ixtisoslashgan yashirin tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash bilan ham shug‘ullangan.

Guruh psixotrop vositalarni kontrabanda yo‘li bilan Qozog‘istondan olishgan. So‘ngra dorilar qadoqlanib Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlariga jo‘natilgan. Toshkentda dori tarqatiladigan asosiy markazlar Uchtepa va Chilonzor tumanlari bo‘lgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departament A’zamov va uning sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) va 165-moddasi 2-qismi (Tovlamachilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0