Xrushchovning nevarasini Moskvada elektrichka urib ketdi

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishYuliya Xrushcheva o‘z xonadonida
Yuliya Xrushcheva o‘z xonadonida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayol poyezd yo‘lini belngilanmagan joyda kesib o‘tayotgan bo‘lgan

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Sovet davri davlat arbobi, SK KPSSning birinchi kotibi Nikita Xrushchovning nabirasi Yuliya Xrushcheva poyezd g‘ildiraklari ostida qolishi natijasida halok bo‘ldi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.

Rada Adjubey - Sputnik O‘zbekiston
Xrushchovning qizi - Rada Adjubey olamdan o‘tdi
"Payshanba kuni ertalab 77 yashar Yuliya Xrushchevani Vnukovo-Moskva poyezdi urib ketdi", — deyilgan xabarda.

Hodisa Moskva vaqti bilan 10.35da sodir bo‘lgan, ayol temir yo‘lini belgilanmagan joyda kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Yuliya Xrushcheva Nikita Xrushchevning o‘g‘li — Leonid Xrushchevning qizi bo‘lgan. Qiruvchi uchuvchisi bo‘lgan Leonid 1943-yilda harbiy topshiriqdan qaytmagach, Nikita Xrushchev Yuliyani qiz qilib asrab olgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0