TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Sobiq Ittifoq Bosh kotibi Nikita Xrushchovning qizi — Rada Adjubey 87 yoshida olamdan o‘tdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Nashrda yozilishicha, Rada Moskvadagi shifoxonalarning birida jon bergan.
Adjubey 1929-yilda tavallud topgan. 2005-yilga qadar "Ilm va fan" ("Nauka i jizn") jurnali bosh muharriri yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Radaning turmush o‘rtog‘i Aleksey Adjubey (1959-1964 yy "Izvestiya" nashri rahbari) 1993-yilda vafot etgan.