O‘zbekiston oliygohlari rekord darajadagi abituriyentlar oqimiga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Pavel LisisinAbituriyent
Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017-yilda oliygohlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 795 mingga yetishi taxmin qilinmoqda. 2016-yilda bu ko‘rsatkich 663 ming nafarni tashkil qilgan edi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil oliygohlarga rekord darajada abituriyentlar hujjat topshirishi kutilmoqda, xabar qildi Sputnik muxbiriga Davlat test markazidagi manba.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017-yilda oliygohlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 795 mingga yetishi taxmin qilinmoqda. 2016-yilda bu ko‘rsatkich 663 ming nafarni tashkil qilgan edi.

Davlat test markazi vakili so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda markaz tomonidan bu miqdordagi abituriyentlarni test sinovlaridan o‘tkazishni tashkillashtirish uchun ulkan ishlar amalga oshirildi.

Suhbatdoshning fikricha, oliygohlarda o‘quvchilar sonining ko‘payishi nafaqat davlat yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, balki mamlakatda talab kuchli bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarish imkonini ham beradi.

Abituriyentlar - Sputnik O‘zbekiston
2017 yildan abituriyentlardan hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi

"So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni o‘rtacha 10-15% ga ko‘payib borgan. Shu yilning may oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning "2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi qarori tasdiqlangan edi. Ushbu qarorga asosan qabul kvotasi rejasi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 mingtaga — 57 907 dan 66 316 taga ko‘paytirildi. Shuningdek, oshirilgan to‘lov-kontrakt stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul joriy etiladi"- dedi DTM vakili.

Shu bois oliy ta’lim muassasalari oldiga kelgusi besh yil uchun qator yangi vazifalar qo‘yilgan. Yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik o‘rnatish, hududlar talabidan kelib chiqib mutaxassislar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘z ilmiy salohiyatini mustahkamlash kabilar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, har bir oliy ta’lim muassasi 13-yillik, ya’ni 2030-yilga qadar rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishi darkor.

Oliy ta’lim tizimini isloh qilish borasida yana bir qadam qo‘yilmoqda — ta’lim sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0