Mirziyoyev Atamboyevga: bizning oramizda chegara bo‘lmasligi kerak

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev Ostonadagi ShHT sammiti doirasida uchrashdilar

Mirziyoyev imkoniyat bo‘lishi bilan "soatlarni to‘g‘rilab olish" yaxshi an’anaga aylanganini qayd etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

"Bugungi soatlarni to‘g‘rilab olishimiz ikki tomonlama munosabatlarimiz barcha sohalarda faol rivojlanayotganini anglatadi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshdi, ikki mamlakat chegara viloyatlari o‘rtasida muloqotlar chuqurlashmoqda. Biz qayerda uchrashmaylik, oldinga siljish uchun barcha harakatni amalga oshiramiz", — dedi Mirziyoyev.

Glavi Uzbekistana i Kirgizstana Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni O‘zbekistonga taklif qildi

U shuningdek, Qirg‘iziston prezidentiga O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etdi.

"Eng asosiysi, bizning oramizda chegara bo‘lmasligi kerak, chegaralar ochiq bo‘lishiga erishishimiz kerak", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Atamboyev O‘zbekiston prezidentining taklifi uchun minnatdorlik bildirdi va o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarini barcha sohalarda mustahkamlashda faol ishtirok etishga tayyorligini e’tirof etdi. Qirg‘iziston prezidenti o‘z navbatida chegaralar shunchaki rasmiy bo‘lishi, ikki mamlakat xalqlari bir-birlari bilan qiyinchiliklarsiz uchrashishlari lozim deb hisoblashini aytdi.

Ikki mamlakat rahbarlari tegishli idoralarga o‘zbek-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasidagi shartnomani imzolash bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishni topshirdilar.

Yangiliklar lentasi
0