Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni O‘zbekistonga taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi Uzbekistana i Kirgizstana Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev
Glavi Uzbekistana i Kirgizstana Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHTning Ostona sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. ShHTning Ostona sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan bu galgi uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlik aloqalarni kengaytirishda muhim bosqich bo‘lishi, Samarqanddagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni mazmunan boyitishini ta’kidladi.

Chegaradagi askar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasini Andijonda ko‘rib chiqadigan bo‘ldi

Almazbek Ataboyev o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining azaliy qardoshlik munosabatlari, urf-odat va an’analari o‘xshashligi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.

Keyingi paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat jamoatchiligi vakillarining Andijon va O‘sh shaharlariga o‘zaro tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni O‘zbekistonga o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda tashrif buyurishni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0