Jamiyat

Oʻzbekiston mahsulotlari Ostonadagi EKSPO - 2017 koʻrgazmasida namoyish etilmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namoyishi uchun ikki qavatli bino ajratilgan

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Bugun Ostona shahrida EKSPO — 2017 xalqaro koʻrgazmasi ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Vыstavka yarmarka produktsii promыshlennыx tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dushanbedagi koʻrgazmada Oʻzbekiston mahsulotlari talash boʻlmoqda

Koʻrgazmada Oʻzbekiston, Rossiya, AQSH, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vyetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya singari 120 dan ziyod davlat oʻzining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda. Shuningdek, 20 dan ortiq xalqaro tashkilot ishtirok etmoqda.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namoyishi uchun ikki qavatli bino ajratilgan. Pavilon asosiy eshigining tepa qismiga yirik monitor oʻrnatilgan. Unda Oʻzbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari, milliy urf-odat va anʼanalari, iqtisodiy salohiyati, turistik maskanlar, diyorimizda yetishtirilgan sarxil mevalar namoyish etilmoqda.

Oʻzbekiston pavilonining birinchi qavati 630 kvadrat metr maydonni egallagan. Bu yerda quyosh, shamol va suv, yaʼni kelajak energiyasi mahsulotlari namoyishga qoʻyilgan.

Umumiy maydoni 550 kvadrat metrni tashkil etgan ikkinchi qavatda Oʻzbekistonning transport va logistika, turizm sohalari hamda oziq-ovqat, vino va sharbat tayyorlash sanoatida erishilgan yutuqlar, oʻzbek milliy taomlari namoyish etilmoqda.

Sanoatlashtirish ramzi, texnik va texnologik yutuqlar namoyishi uchun ochiq platforma hisoblangan butunjahon koʻrgazmasi — EKSPO 93 kun davom etib, mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga va xalqaro maydonda bir-birini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Hozirga qadar 35 marotaba oʻtgan koʻrgazmaga Bolgariya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Italiya, Turkiya singari mamlakatlar mezbonlik qilgan. Anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan EKSPOning nufuzi, mavqei yildan-yilga yuksalib, unda ishtirok etishni istagan davlatlar safi tobora kengayib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0