Hindiston va Pokiston ShHTga qabul qilindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishZasedanie soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave
Zasedanie soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari yig‘ilishida Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston yetakchilari Hindiston va Pokistonni tashkilotga a’zolikka qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetgani haqidagi qarorga imzo chekishdi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Hindiston va Pokistonni a’zolikka qabul qilish haqidagi qarorni imzolashdi, shuningdek, ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha konvensiya imzolandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari - Sputnik O‘zbekiston
Ostonada ShHTga a’zo davlat rahbarlari tomonidan 11 ta hujjat imzolanadi

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston yetakchilari Hindiston va Pokistonni tashkilotga a’zolikka qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetgani hamda ularga ShHTga a’zo davlat maqomini berish haqidagi qarorga imzo chekishdi.

Bundan tashqari, ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ShHT konvensiyasi imzolandi va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish haqida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining bayonoti qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish jarayoni 2015-yilda boshlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0