Kimning gilosi zo‘r: O‘zbekistonda gilos ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

© Posolstvo SShA v UzbekistaneYejegodniy konkurs chereshni v Uzbekistane
Yejegodniy konkurs chereshni v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekiston 100 000 tonna hajm bilan gilos yetishtirish bo‘yicha jahonda beshinchi o‘rinni egallab turibdi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Kecha Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida an’anaviy gilos ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Mejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2017-yilda 102 ming tonnaga yaqin meva-sabzavot eksport qildi

Tanlov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning "Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish" (AVC) loyihasi va O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tanlovda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan keltirilgan o‘nlab gilos navlari bozorbopligi, yirikligi va sifati bo‘yicha uch yo‘nalishda namoyish etildi.

Bundan tashqari, "Eng zo‘r gilos" nominatsiyasida alohida sovrin taqdim etildi. Mazkur tadbir shuningdek ishtirokchilarga turli viloyatlardan kelgan kasbdoshlari bilan o‘rtoqlashish hamda gilos yetishtirish, qadoqlash, saqlash va transportda tashishning yangi usullari haqidagi seminar-treningda o‘zaro fikr almashish imkoniyatini yaratib berdi.

Xabarda iayd etilishicha, USAIDning amaliy ko‘magi yordamida bugungi kunda O‘zbekiston 100 000 tonna hajm bilan gilos yetishtirish bo‘yicha jahonda beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangiliklar lentasi
0