TIVda Rossiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9070968O‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning joriy yil aprel oyi boshlarida Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 2017-yilning 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Turdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Iyun-iyul oylarida Rossiyaga boradigan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-5-aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi davomida tomonlar mehnat migratsiyasi bo‘yicha ham kelishuv imzolagan edilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0