Iyun-iyul oylarida Rossiyaga boradigan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMigrantlar
Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migratsion hisobga qo‘yish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining "Rossiyada Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati va 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogini o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash xususiyatlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq ushbu tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda chet el fuqarolarini migratsion hisobga (ro‘yxatga) olish tartibi o‘zgartiriladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
FIFA 2017: Rossiyada migrantlarga registratsiya uchun bir sutka muhlat berildi
Farmonga ko‘ra to‘rtta Rossiya shaharlari — Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozonda 2017-yilning 1-iyunidan 12-iyuligacha, shuningdek 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migratsion hisobga qo‘yish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi.

"Vaqtinchalik bo‘lib turish (vaqtinchalik yoki doimiy yashash) uchun kelgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni bo‘lib turish joyida hisobga qo‘yish yoki yashash joyida ro‘yxatga olish ularning bo‘lib turish joyiga yoki yashash joyiga yetib kelgan kunidan boshlab bir sutka ichida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hujjatlarni qabul qiluvchi tomon yoki bevosita chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgach, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hududiy organi tominidan amalga oshiriladi", — deb yozilgan hujjatda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur o‘zgarishlarni albatta hisobga olishlari shart. Zero o‘z vaqtida migratsion hisobga qo‘ymaslik ma’muriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yilishiga olib kelishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0