TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasining saytida chiptalarni xarid qilish bo‘yicha CLICK tizimi ishga tushirildi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bilan hamkorlikda ishga tushirilgan tizim orqali 3 milliondan ortiq CLICK foydalanuvchilari milliy temir yo‘l tashuvchining chiptalarini onlayn tarzda xarid qilish mumkin bo‘ladi.
CLICK tizimida temir yo‘l chiptalariga to‘lovni amalga oshirish jarayoni avtomatlashtirilgan. Tizim yordamida marshrutlar va o‘rindiqlarning qaysi biri bo‘shligi, yo‘lakcha yoki oynaga yaqin bo‘lgan o‘rindqilarni tanlash imkoni majjud. Bu o‘z o‘rinda safarlarni rejalashtirishda va bevosita chiptani xarid qilishda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda.
Xizmat haqi chiptaning umumiy narxidan 2%.
Eslatib o‘tamiz, CLICK tizimi — mobil banking tizimi bo‘lib, jismoniy shaxslarga mobil telefon orqali (USSD\SMS yordamida) yoki Internet orqali (Web\Web-mobile vositasida) turli hamkorlarning tovar va xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.