Yakka tartibdagi tadbirkorlar CLICK to‘lovlaridan foydalanishlari mumkin

© PixabayMobilniy telefon v ruke
Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
CLICK onlayn bank tizimi xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham ochildi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Bundan buyon yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) ham CLICK onlayn bank to‘lov tizimidan foydalanishlari mumkin.  

Ushbu imkoniyat yakka tartibdagi tadbirkorlarga o‘z yumushlaridan chalg‘imasdan turib turli xizmat va tovarlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda ishlarini operativ ravishda hal qilishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, CLICK to‘lov tizimida “Kartadan kartaga pul o‘tkazish” xizmati hozircha mavjud emas. CLICK ilovasini AppStore va GooglePlay do‘konlaridan bepul yuklab olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0