Samarqand xalqaro aeroportida parvozlar amalga oshirilmasligi rasman e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Samarqand xalqaro aeroportida samolyot uchish va qo‘nish yo‘laklari rejali kapital ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi tufayli parvozlar amalga oshirilmaydi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. "Samarqand" xalqaro aeroportida samolyot uchish va qo‘nish yo‘laklari rejali kapital ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi tufayli parvozlar amalga oshirilmaydi. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

Samarqand xalqaro aeroporti 4-iyuldan boshlab yopiladi

Ilgariroq Rossiyaning Aeroflot kompaniyasi Samarqandga bajariladigan reyslarni 4-iyuldan 1-avgustga qadar bekor qilinganligi va barcha reyslarni Navoiy xalqaro aeroportiga ko‘chirilishi haqida Sputnik O‘zbekiston xabar bergan edi.

Aeroflot kompaniyasi Samarqandga bajariladigan aviatashuvlardagi o‘zgarishlarni operativ ravishda qo‘shimcha tarzda e’lon qilib borishini ma’lum qilgan.

Samarqand xalqaro aeroporti bilan bog‘langanimizda, aeroport xodimi barcha reyslar Buxoro aeroportiga o‘tkazilishini ma’lum qildi.

"Joriy yil 1-iyuldan 31-iyuliga qadar barcha reyslar Buxoroga o‘tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilingan", — deb aniqlik kiritdi suhbatdosh.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0