TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroporti joriy yilning 4-iyulidan boshlab 1-avgust sanasiga qadar reja asosida bajariladigan ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.
Shu munosabat bilan Rossiyaning Aeroflot kompaniyasi Samarqandga bajariladigan reyslarni 4-iyuldan 1-avgustga qadar bekor qildi va barcha reyslarni Navoiy xalqaro aeroportiga ko‘chirilishini e’lon qildi.
Samarqand xalqaro aeroporti bilan bog‘langanimizda, aeroport xodimi barcha reyslar Buxoro aeroportiga o‘tkazilishini ma’lum qildi.
"Joriy yil 1-iyuldan 31-iyuliga qadar barcha reyslar Buxoroga o‘tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilingan", — deb aniqlik kiritdi suhbatdosh.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.