Qozog‘istondan O‘zbekistonga avtobuslar qatnovi kuzda ishga tushiriladi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston joriy yil kuz faslida O‘zbekistonga avtobuslar qatnovini muntazam ravishda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. 2017-yilning kuzida Qozog‘iston O‘zbekistonga muntazam ravishda avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Bu haqda Qozog‘istonning Investitsiyalar va rivojlanish vaziri Jenis Qosimbek majlis yig‘ilishida xabar qilgan, deb yozadi "Podrobno".

Poyezd, sostoyashiy iz vagonov Tұlpar-Talgo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi poyezdlar chipta narxi yanada arzonlashadi
"Ikki mamlakat o‘rtasida avtobuslar qatnamay qo‘yganiga ancha vaqt bo‘ldi. Bugungi ahvol quyidagicha, yo‘lovchilar O‘zbekiston chegarasigacha mashinada borib, chegarani piyoda kesib o‘tib, O‘zbekiston tomonda muntazam reyslarga o‘tirishmoqda. Bugun biz temir yo‘l va avtomobil reyslarini ochganmiz. Kuzga kelib muntazam ravishda qatnaydigan avtobus reyslarini ham ochishni rejalashtirapmiz", — degan vazir.

Jenis Qosimbek, shuningdek, bu ishni amalga oshirish uchun "bu yil infratuzilmani to‘laligicha talabga javob beradigan holatga keltirish lozimligi"ni ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar va rivojlanish vazirligi rahbari deputatlarga ikki Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishni osonlashtiradigan qonunchilik loyihasini taqdim etgan. Qosimbekning prognozlariga ko‘ra, yaqin yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi besh milliard dollarga yetishi mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0