O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi poyezdlar chipta narxi yanada arzonlashadi

© temirzholy.kzPoyezd, sostoyashiy iz vagonov "Tұlpar-Talgo"
Poyezd, sostoyashiy iz vagonov Tұlpar-Talgo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
27 may kunidan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qatnovchi poyezd chiptalari uchun chegirmalar joriy etiladi

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qatnovchi poyezd chiptalari uchun chegirmalar joriy etiladi. Bu haqda "Passajirskie perevozki" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

"Yo‘lovchilar talabini qondirish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Qozog‘iston orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro qatnov bo‘yicha chiptalar uchun sotish muddatiga qarab chegirmalar kiritilmoqda", — deyiladi kompaniya xabarida.

Poyezd, sostoyashiy iz vagonov Tұlpar-Talgo - Sputnik O‘zbekiston
Olma-Ota-Toshkent tezurar poyezdi yo‘lga tushdi

Chegirmalar 2017-yilning 27-may kunidan 28-dekabr kuniga qadar quyidagi tartibda amal qiladi:

Kupe vagonlari va birinchi klassdagi vagonlar uchun — 45 foiz (chipta poyezd yo‘lga chiqishidan 45-31 sutka avval xarid qilinsa), 35 foiz (chipta poyezd yo‘lga chiqishidan 30-6 sutka avval xarid qilinsa).

Plaskart vagonlari uchun — 35 foiz (chipta poyezd yo‘lga chiqishidan 45-31 sutka avval xarid qilinsa), 25 foiz (chipta poyezd yo‘lga chiqishidan 30-6 sutka avval xarid qilinsa).

"Ko‘rsatilgan chegirmalar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya o‘rtasidagi xalqaro qatnovda qo‘llaniladi va davlat ichidagi qatnovga chiptalar rasmiylashtirishda amal qilmaydi (bir mamlakat doirasida), shuningdek, yo‘lovchilarning tashkillashtirilgan guruhlari uchun qo‘llanilmaydi", — deb qo‘shimcha qilingan kompaniya xabarida.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0