TIVda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi

Obuna bo‘lish
TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda turli darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha Burosining Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi direktori Valter Skott Rid-uchinchi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonga 2018-yil uchun moliyaviy yordam miqdorini oshirdi

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda turli darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Xalqaro muammolarni muhokama qilish doirasida mintaqaviy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0