TOShKENT, 25 apr — Sputnik. AQSh hukumati 2018-yilda Davlat departamenti yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga beriladigan moliyaviy yordam miqdorini 4,4%ga — 9,3 mln. dollargacha oshiradi, deb xabar berdi Foreign Policy tomonidan chop etilgan hujjatga asoslanib 1news.uz.
Shunisi e’tiborliki, 2018-yilgi budjet loyihasida Ukrainaga yordam hajmi 68,8%ga — 570 mln. $dan 177 mln. $ga tushgan. Bir qator mamlakatlar: Armaniston (ilgariroq 17,6 mln. $ ajratish rejalashtirilgandi), Ozarbayjon va Belarussiya (7,7 mln. $dan), Gruziya (47,5 mln. $), Qozog‘iston (6,1 mln. $), Turkmaniston (3,9 mln. $) va boshqa qator davlatlarga Davlat departamenti yo‘nalishi bo‘yicha mablag‘ ajratish butunlay bekor qilingan.
Davlat departamenti shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikistonga moliyaviy yordam hajmini mos ravishda 60 va 47,6%ga qisqartirdi.