TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Joriy yilning 5-aprel sanasidan boshlab "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Toshkent-Lahor-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot-xizmati xabar berdi.
Parvozlar A320 laynerida haftaning chorshanba va payshanba kunlari quyidagi grafik asosida amalga oshiriladi:
Chorshanba: HY 463 Toshkent 10:30 – Lahor 12:50
HY 464 Lahor 23:55 – Toshkent 02:25 (payshanba)
Payshanba: HY 461 Toshkent 22:40 – Lahor 01:00 (juma)
HY 462 Lahor 10:15(juma) – Toshkent 12:45.
Chiptalarni book.uzairways.com saytida onlayn tarzda xarid (yoki bron) qilish mumkin.