TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 8-iyun kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali matbuot-xizmati.
ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish doirasida Ostona shahrida Hindiston va Pokistonni tashkilot a’zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetkaziladi.
Mirziyoyev Ostona shahrida EXPO — 2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi, qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.