Dubay aeroportida pasport o‘rniga smartfonlardan foydalaniladi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusida ilovani fuqarolarning barcha tashkilot va muassasalarda pasport ko‘rsatishlariga hojat qolmaydigan tarzda rivojlantirish rejalashtirilgan - hamma ma’lumotlar fuqarolarning smartfonida bo‘ladi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Dubay xalqaro aeroportining 3-terminalidan parvoz qiladigan BAA fuqarolari nazorat punktida pasport o‘rniga smartfonlaridan foydalanishlari mumkin, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
"Agrobank" smartfonlar orqali to‘lovni yo‘lga qo‘ydi

BAA fuqarolariga Smart UAE Wallet ilovasini smartfonlariga yuklab olish taklif etilmoqda. U har bir yo‘lovchini tekshirish vaqtini 9-12 soniyaga qisqartiradi.

Tez orada texnologiya aeroportning barcha terminallarida joriy etiladi.

Yo‘lovchilar pasport nazorat punktida "aqlli eshik"dan o‘tayotganlarida smartfonlaridan foydalanishlari va barmoq izlarini skaner qilishlari lozim bo‘ladi.
Telefonda ilova yordamida barcha pasport hamda aviabilet ma’lumotlari saqlanadi.

Kelgusida ilovani fuqarolarning barcha tashkilot va muassasalarda pasport ko‘rsatishlariga hojat qolmaydigan tarzda rivojlantirish rejalashtirilgan — hamma ma’lumotlar fuqarolarning smartfonida bo‘ladi.

Dubay aeroportining 55 %ini BAA fuqarolari tashkil etadi, shu sababli ilova yaratuvchilari yo‘lovchilarni pasport nazoratidan o‘tkazish vaqti tezlashishini bildirishmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0