TOShKENT, 2 mar — Sputnik. "Agrobank" Click tizimi bilan hamkorlikda yangi "Mobil Savdo" texnologik moliyaviy xizmatini ishga tushirdi, deb xabar berdi "Podrobno.uz".
Ushbu xizmat oddiy to‘lov terminali vazifasini amalga oshiradi, faqat bu mobil telefon va Click tizimi orqali USSD-so‘rov yordamida bajariladi.
Shunday qilib, endilikda xaridorlar har qanday tovar va xizmatlar uchun mobil telefonlaridan foydalanib pul to‘lashlari mumkin.
Sotuvchi esa "Agrobank" shoxobchasida mazkur xizmatni yoqtirishi va telefon raqamini Click tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Smartfoni orqali pul to‘lamoqchi bo‘lgan xaridor ham Click tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
Smartfon yordamida to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘lgan savdo nuqtalari "Mobil Savdo" stikeri bilan jihozlanadi.
Yangi tizimda to‘lov tez va qulay bo‘lishi bilan birga tadbirkorning bankdan to‘lov terminali olishiga hojat bo‘lmaydi. Xizmatdan foydalanishda internet talab qilinmaydi, xizmat oflayn rejimida amalga oshiriladi.